Prezidentning “Energiya tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş va kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga köra, 2022 yil 1 oktyabrdan boşlab:
- jismoniy şaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Tarmoqlararo energiyani tejaş jamğarmasi mablağlari hisobidan respublikada işlab çiqarilgan quyoş va şamol elektr stansiyasi hamda quyoş suv isitiş qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bölib-bölib tölagan holda sotib oliş imkoniyati yaratiladi;
- qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini töliq tölagan holda ularni xarid qilgan va örnatgan iste’molçilarga xarid xarajatlarining bir qismi Jamğarma hisobidan kompensatsiya qilinadi;
- iste’molçilar tomonidan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari töğridan-töğri mahalliy işlab çiqaruvçi korxonalar, yetkazib beriş, örnatiş va işga tuşiriş xizmatlarini körsatuvçi korxonalar, mahalliy çakana savdo obektlaridan, şu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi yoki yakuniy çakana narxdan kompensatsiya miqdori çegirib taşlanadi.
Moliya vazirligi 2022 yil yakuniga qadar uşbu xarajatlarni moliyalaştiriş uçun Jamğarmaga uning asoslantirilgan talabnomalariga muvofiq Davlat budjeti hisobidan 100 milliard söm miqdoridagi mablağlarning ajratilişini ta’minlaydi.
Avvalroq qayta tiklanuvçi energiya manbalarini örnatgan ayrim fuqarolar 3 yil mol-mulk va yer soliğini tölamasligi haqida xabar qilingandi.












