Modellaştiriş markazi zimmasiga geologik-texnik tadbirlarni işlab çiqiş va ularning bajarilişini nazorat qilişda hamda konlarni işlatişni rejalaştiriş va boşqarişda IAM (Integrated Asset Modeler) dasturidan foydalangan holatda kompleks yondaşuvga bosqiçma-bosqiç ötiş vazifasi qöyilgan.

Belgilangan vazifalarni bajariş uçun “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan yuqori malakali jahon andozalari darajasidagi mutaxassislarni jalb etgan holda xodimlarining malakasini oşiriş kurslarini ötkaziş orqali Jamiyatning jahon bozoridagi nufuzini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 7-14 avgust kunlari Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida Modellaştiriş markazi xodimlari konlarni integral modellaştiriş yönalişi böyiça öquv kurslarini tamomlaşdi.

Mazkur öquv kursi “Schlumberger” va “Özbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Öquv kursining asosiy maqsadi Özbekiston Respublikasidagi neft va gaz konlarida integratsiyalaşgan modellarni işlab çiqiş va ularni işlab çiqariş jarayonlariga tatbiq etişning yangi yönalişini çuqur özlaştirişdan iborat.

Konlarni işlatişni rejalaştiriş va uglevodorodlarni qazib çiqariş jarayonlarini boşqarişda hamda işlab çiqariş aktivlarini modernizatsiya qiliş va ularni konlarning butun hayotiy sikli davomida işlatiş böyiça qarorlar qabul qiliş uçun IAM dasturiy ta’minoti eng töliq va moslaşuvçan platforma hisoblanadi.

IAM dasturiy ta’minoti korxona darajasida qaror qabul qiliş uçun individual yuqori ixtisoslaştirilgan modellarni (qatlam modeli, kon ustki jihazlarining tarmoq modeli, neft va gazni qayta işlaş modeli va iqtisodiy model) yagona modelga birlaştiriş imkonini beradi.

Bunday yeçim konni özlaştiriş konsepsiyasini tanlaş, loyiha hujjatlarini tayyorlaş yoki uglevodorod qazib olişni optimallaştiriş hamda kunlik texnologik operatsiyalarni amalga oşirişda işlatilişi mumkin.

Foto: Özbekneftgaz

Integratsiyalaşgan model quyidagilarga imkon beradi:

  • quduqlar unumdorligi va unga yer usti infratuzilmasi tomonidan teskari ta’sir qilişi mumkin bölgan bosim çeklovlarini hisobga olgan holda uglevodorodlarni qazib çiqariş xajmlarini yuqori aniqlilik darajada şakllantiriş;