Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi qarorlariga muvofiq, Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosarlari tayinlandi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Sunatulla Husanoviç Bekenov Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Şuningdek, Laziz Şavkatoviç Qudratov Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan. Şu munosabat bilan u Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bundan taşqari, Şuhrat Abduşarifoviç Vafoyev Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi, şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Şuningdek, Şuhrat Vafoyevga Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining ijro etuvçi direktori vazifasini bajariş ham yuklatilgan.  

Badriddin Nurutdinoviç Abidov ham Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan, şu munosabat bilan taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimidan ozod etilgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi taşkil etilgani xabar berilgandi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Sardor Umurzoqov Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri etib tayinlandi.