Avvalroq ukrain harbiylari tong saharda Kupyanskka kirgani aks etgan videolar ham tarqalgandi. Uruşni faol yoritayotgan rus Telegram-kanallari voqea joyidagi manbalariga asoslanib yozişiça, Rossiya armiyasi strategik muhim bölgan Xarkivdagi yana bir yirik şahar Izyumdan ham çekinişni boşlagan. Ba’zi kanallar şahar Ukraina askarlari tomonidan egallanganini yozmoqda.
Kupyansk frontdagi strategik ahamiyatga ega şahar hisoblanib, Izyum yönalişidagi rus askarlari ta’minoti aynan şu şahardan amalga oşirilar edi. Kupyanskning qöldan boy berilişi şundoğam deyarli qamalda qolgan rus askarlarining vaziyatini oğirlaştiradi. Rus harbiy blogerlarining yozişiça, ta’minot markazi bölgan Kupyansk boy berilgan holatda Izyumni saqlab qoliş deyarli imkonsiz. Xususan, «DXR» sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkovning yozişiça, rus askarlari Izyumni tark etgan. Strelkov-Girkin bu qarorni strategik töğri deb baholagan, uning fikriça, şahar töliq örab olinsa, yöqotiş yanada katta bölardi.
Ukraina askarlari Donetsk viloyatining Xarkiv bilan çegaradagi Liman şahriga ham kirgani, u yerda keskin janglar ketayotgani borasida xabarlar ham tarqaldi. «Rybar» Telegram-kanalining yozişiça, Limandan Rossiya FVV, IIV va Rosgvardiya bölinmalari olib çiqib ketilgan.
Ukraina Mudofaa vazirligi Kupyansk, Izyum va Liman yönalişidagi janglar haqida hozirça ma’lumot bergani yöq. Avvalroq katta qarşi hujumga tayyorlanayotgan Ukraina Mudofaa vazirligi «Uruş tinçlikni yoqtirişi» haqida bayonot bergan va OAVdan ham Ukraina askarlarining qarşi hujumlari haqida har xil ma’lumot tarqatmaslikni söragandi. 9 sentabr kuni Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy har kunlik millatga murojaatida mamlakat armiyasi Xarkivda kamida 30 ta aholi yaşaş punktini qaytib olganini yozgandi.


Ukraina Xavfsizlik xizmati axborot xizmati taşkilotning «Alfa» maxsus kuçlari Kupyansk şahriga kirgani tasvirlangan suratlar e’lon qildi. Bu esa şahar Ukraina nazoratiga qaytganini bildiradi.













