Ukrainada uruşning 199-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qöşini Izyumni tark etdi, Ukraina qurolli kuçlari Kupyansk şahri egallanganini rasman ma’lum qildi. Kupyansk Izyumdagi Rossiya kuçlari ta’minotidagi muhim punkt edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuçlari Kupyansk va Izyumga kirgani, şuningdek Liman va Volçanskka hujum qilayotgani aks etgan foto va videolar tarqalgan.
- Izyumdan çekinilayotgani haqida RF mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi. Vazirlik talqiniga köra, gap «Rossiya kuçlarining qayta guruhlanişi» haqida ketmoqda. Xarkiv oblastidagi qöşinlar olib çiqilayotgani «Donetsk yönalişidagi sa’y-harakatlarni kuçaytiriş» maqsadi bilan izohlandi.
- Tunga yaqin Luhansk oblastining Lisiçansk şahri yaqinida janglar boşlangani haqida xabarlar kela boşladi.
- Ukraina qurolli kuçlari tomonidan ozod etilgan Xarkiv oblastidagi Grakove qişloğida eksgumatsiya işlari boşlandi. Ukraina boş prokuraturasi bu hududda ham rossiyalik harbiylar tinç aholi vakillarini öldirganini gumon qilmoqda.
- 10 sentabr kuni Volodimir Zelenskiy oy boşidan buyon Ukraina qurolli kuçlari mamlakatning ikki ming kvadrat kilometrdan ortiq hududi ozod etilgani haqida ma’lum qildi.
- «Janub» operativ qömondonligi ma’lumotiga köra, ukrain qöşini Xerson oblastida ham bir neça ön kilometrga ilgarilagan.
- Kiyevga Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok taşrif buyurib, uning mamlakati «butun kuçi» bilan Ukrainani qöllab-quvvatlaşini aytdi.
- Bu vaqtda Moskvada Şahar kuni munosabati bilan bayram salyuti otildi. Poytaxtdagi 23 maydonda muşakbozliklar uyuştirilgan.
Quyida 10 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xersonda bolalar bayrami

Sergey Malgavko / TASS
«LXR»dagi blokpost
























