Polşa Germaniya hukumati bilan Ikkinçi jahon uruşidagi yöqotişlar uçun tovon puli undiriş böyiça muzokaralarga Isroilni jalb etmoqçi. Bu haqda Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy ma’lum qildi.
"Biz Berlinda muzokaralar ötkazmoqçimiz hamda bunga Isroil vakillarini ham taklif qilmoqçimiz – zero polşalik qurbonlarning yarmi kelib çiqişi yahudiy bölgan fuqarolar", — dedi Moravetskiy Spiegel naşriga bergan intervyusida.
Moravetskiy Polşa keyinçalik xalqaro sudlarga ham murojaat qilişi mumkinligini aytdi.
Avvalroq Polşa Ikkinçi jahon uruşida yetkazilgan zarar uçun Germaniyadan undiriladigan reparatsiyani 1,3 trillion yevro deb baholagandi.
Berlin Polşaning reparatsiya töğrisidagi talabini bir neça marta rad etgan. GFR hukumatining ta’kidlaşiça, Polşa 1953 yilda Germaniyaga nisbatan talabidan voz keçgan va buni bir neça marta tasdiqlagan.











