Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi xonadonlarning birida 10 sentabr kuni yonğin sodir böldi. Bu haqda şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 16:51 da «Örikzor» MFYda joylaşgan xonadonlarning birida yonğin bölayotgani böyiça xabar berilgan. Yonğin qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 17:01 da yetib borgan hamda soat 17:25 da yonğin töliq bartaraf etilgan. Yonğin sabab uyning 120 kvadrat metr maydonda içki va tom qismi yonib zararlangan va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Yonğinni öçiriş uçun 4 ta maxsus ekipaj jalb qilingan. Yonğin oqibatida kuygan yoki tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Ayni vaqtda yonğinning kelib çiqiş sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












