Vaşington 2020 yil kuzida Janubiy Kavkazdagi Armaniston-Ozarboyjon mojarosining avj olişi oqibatida zarar körgan hududlarni minalardan tozalaş amaliyotlariga gumanitar yordam sifatida 2 million dollar ajratmoqda. Bu haqda 11 sentabr, yakşanba kuni AQŞ Davlat departamenti ma’lum qildi.

«Minalar va portlamagan öq-dorilar tinç aholini öldirişda va mayib qilişda davom etmoqda, iqtisodiy rivojlanişga va köçirilgan odamlarning xavfsiz qaytişiga tösqinlik qilmoqda», deb ta’kidladi Davlat departamenti. Qayd etilişiça, 2021 yil noyabr oyida Qöşma Ştatlar mintaqani minalardan tozalaşda iştirok etgan taşkilotlarga 500 ming dollar ötkazilişini e’lon qilgan.

«Qöşma Ştatlar an’anaviy qurollarni yöq qiliş böyiça dunyodagi eng yirik homiy hisoblanadi. 1993 yildan beri u minalar va portlamagan öq-dorilar tomonidan tinç aholi uçun yuzaga keladigan tahdidlarni bartaraf etiş orqali xalqaro tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş uçun 100 dan ortiq mamlakatlarga 4,7 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi» , - ta’kidladi Amerika taşqi siyosat idorasi matbuot xizmati.

Armaniston-Ozarboyjon örtasidagi Toğli Qoraboğ böyiça mojaro 2020 yilning 27 sentabrida uşbu mintaqada faol harbiy harakatlar boşlanganida keskinlaşdi. Öşa yilning 9 noyabriga qadar Armaniston va Ozarboyjon örtasida asosan armanlar istiqomat qiladigan bu hudud uçun uruş olib borilgan edi. 6,5 ming kişining ölimiga sabab bölgan uruş natijasida Ozarboyjon Qoraboğning salmoqli qismini öz nazoratiga qaytardi.

Rossiya vositaçiligida Yerevan va Boku öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişuv imzoladi, Rossiya tinçlikparvar kuçlari çegara çiziğiga olib kelindi, biroq mintaqada keskinlik saqlanib qolmoqda.

2022 yil 3 avgust kuni Ozarboyjon Mudofaa vazirligi «Qasos» deb nomlangan maxsus harbiy operatsiya davomida Qoraboğdagi bir neça tepaliklar qölga kiritilganini e’lon qildi. Öz navbatida, Armaniston Ozarboyjon «örmalovçi okkupatsiya» siyosatini olib borayotganini ta’kidladi. Şu bilan birga, tomonlar bir-birini uç tomonlama sulh bitimini buzganlikda aybladi.

Avgust oyi oxirida Ilhom Aliyev Toğli Qoraboğni Armaniston bilan boğlovçi Loçin yölagida joylaşgan strategik ahamiyatga ega Loçin şahri Boku nazoratiga ötganini ma’lum qilgan edi. 

1991 yilda SSSR parçalanganidan söng Toğli Qoraboğ respublikasi bir tomonlama ravişda Ozarboyjondan mustaqilligini e’lon qildi, ammo dunyoning heç bir davlati uni tan olmadi. Şundan keyin 1992-1994 yillarda boşlangan uruşda har ikki tomondan 25-30 minggaça odam halok böldi, bir millionga yaqin odam öz uyini taşlab ketişga majbur böldi.