Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiya O‘zbekistonda energiya tejaydigan izolyatsiya panellari ishlab chiqarmoqchi
ITSVda Irlandiya yetakchi kompaniyasi bilan qurilish materiallari sohasida investitsiyaviy hamkorlik ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) International Development Ireland (IDI) konsalting kompaniyasi ko‘magida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Hurram Teshaboyev hamda Kingspan Insulated Panels kompaniyasi Yaqin Sharq, Afrika, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jim Lokran o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mintaqa qurilish materiallari bozori va qurilish materiallari ishlab chiqarish darajasini oshirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish doirasida O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu bozorni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlanishi muhokama qilindi.
Tomonlar qurilish materiallari, energiya tejaydigan izolyatsiya panellari ishlab chiqarishga sarmoya kiritish va ularni keyinchalik respublika hududida sotish masalasini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qurilish materiallari sifatini oshirishga qaratilgan aniq natijalarga erishish uchun muhokama qilingan barcha sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Kompaniya O‘zbekistonda mahsulotlarni mahalliylashtirish va mamlakat yirik infratuzilmaviy loyihalarga innovatsion va energiya tejaydigan materiallarni yetkazib berishga tayyor.
Kingspan Group Plc energiya tejaydigan qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya bo‘lib, yillik daromadi 8 milliard dollarni tashkil etadi. U Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya, Yaqin Sharq va Amerikada faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
10:30
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026