Agarda Ukraina mudofaa masalasida Germaniyaga boğliq bölganida, bu mamlakat bugunga kelib yöq bölib ketgan bölardi, dedi u Der Spiegel naşriga bergan intervyusida. 

Polşa boş vazirining sözlariga köra, Germaniyaning siyosati Yevropaga ulkan zarar keltirdi va Berlin bilan ittifoq qiymatini jiddiy şubha ostiga qöymoqda. 

Polşa har doim Ukrainaning qat’iy tarafdorlaridan biri bölgan, ammo Germaniyaning pozitsiyasi Varşavaning «hafsalasini pir qilmoqda», dedi Moravetskiy.

«Berlin Rossiya energiyasiga qaramlik töğrisidagi ogohlantirişlarni, xususan, Polşa uzoq vaqt qarşilik qilgan «Şimoliy oqim-1» va «Şimoliy oqim-2» quvurlarini inkor qilib keldi. Agarda Ukraina mudofaa masalasida Germaniyaga boğliq bölganida, bu mamlakat bugunga kelib yöq bölib ketgan bölardi»,- dedi u.

Moravetskiyning ta’kidlaşiça, nemislar har doim Moskvaga yon bosib kelgan, Rossiyaga böysungan.

«Ammo biz Rossiya borasidagi barça ogohlantirişlarimizda haq edik. Hozir bizni avvalgiga nisbatan köproq eşitişyapti»,- dedi u.