11 sentabr kuni Ukrainaning beş oblasti töliq yoki qisman elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenko Xarkiv, Sumi, Poltava, Dnepropetrovsk, Donetsk oblastlarida svet öçganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda suv ta’minotida muammolar yuzaga kela boşlagan. «Svet öçişi bilan boğliq muammolar butun mamlakat böylab kuzatilişi mumkin. Rossiyaliklar bizni yoruğliksiz, suvsiz va issiqliksiz qoldirişmoqçi», — degan Timoşenko.
Uning sözlariga köra, bu Xarkiv yaqinida «ikkita qanotli raketa muhim infratuzilma obektlariga kelib urilgani»dan keyin sodir bölgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak Rossiya Xarkivdagi IES-5 — Ukrainadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyalardan biriga zarba berganini aytdi. Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmatining Xarkiv oblasti bölimiga köra, zarba vaqtida kamida bir kişi halok bölgan, ikkinçi navbatçini qidiriş işlari olib borilmoqda.
«Strana.ua» xabar berişiça, Xarkivda elektr energiyasi öçişi ortidan metro töxtab qolgan. Baza naşri yozişiça, Poltavada elektr quvvati uzilişi tufayli trolleybuslar yonib ketgan.
Kirill Timoşenkoning sözlariga köra, ayrim hududlarda (Sumi va Dnepropetrovsk oblastlarida) elektr ta’minoti tiklangan, şuningdek Sumi va Poltava oblastlarida suv ta’minoti ham qaytgan, boşqa hududlarda esa muammolar davom etmoqda. Xarkiv oblastida, jumladan Xarkiv rayonida elektr ta’minotini bosqiçma-bosqiç tiklaş işlari olib borilmoqda.
Bu vaqtda RIA Novosti xabar berişiça, «DXR» nazoratidagi Donetsk şahrida elektr ta’minoti bilan boğliq muammolar kuzatilmagan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy elektr ta’minoti öçganidan keyin ruslar va ukrainlarni bir xalq deb atab bölmasligini aytdi. U raketa zarbalarini «surbetlik», elektr energiya öçirilişini — «terrorçilik akti» deb atadi.
«Hatto zim-ziyo zulmatda ham Ukraina va sivilizatsiya dunyosi bu terrorçilik aktlarini körib turadi. Muhim fuqarolik infratuzilmalariga qasddan va surbetlarça raketalar otilganini. Bular heç qanday harbiy obektlar emas. Xarkiv va Donetsk oblastlarida svet öçib qoldi. Zaporijjya, Dnepropetrovsk, Sumida — ta’minotda muammolar yuzaga keldi.
Şu vaqtgaça biz bir xalqmiz deb öylaysizmi? Siz hamon bizni qörqitiş, sindiriş, yon berişga köndiriş mumkin deb öylaysizmi? Siz çindan ham heç narsani tuşunmadingizmi? Siz biz kim ekanimizni tuşunmayapsizmi? Biz nimani xohlaymiz? Nima haqda gapiryapmiz? Lablarga qarab öqing: Gazsizmi yoki sizsiz? Sizsiz. Yoruğliksizmi yoki sizsiz? Sizsiz. Suvsizlikmi yoki sizsiz. Sizsiz. Ovqatsizlikmi yoki sizsiz? Sizsiz. Sovuq, oçlik, zulmat va çanqoqlik — biz uçun sizning döstligingiz va birodarligingiz kabi qörqinçli va halokatli emas. Ammo tarix barçasini öz örniga qöyadi. Va biz gaz, yoruğlik, suv va oziq-ovqatli bölamiz… va siz bölmaysiz!» degan prezident.













