Şvetsiyadagi parlament saylovlarida Mö’tadil koalitsiya partiyasi yetakçisi Ulf Kristersson atrofida tuzilgan törtta öng qanot partiya bloki kiçik farq bilan yetakçilik qilmoqda. Şvetsiyaning SVT telekanali 11 sentabr, yakşanba kuni keçqurun e’lon qilingan ovoz berişning dastlabki natijalariga köra, saylov byulletenlari deyarli 80 foizi sanab çiqilgaç, uşbu saylovoldi koalitsiya iştirokçilari birgalikda parlamentdagi 349 örindan 175 tasini qölga kiritişlari mumkin.
Avvalroq, boş vazir Magdalena Andersson va uning Sotsial-demokratik partiyasi atrofidagi söl-markaziy blok kiçik farq bilan saylovda yetakçilik qilayotgani xabar qilingandi.
Sotsial-demokratik partiya, SVT tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 30,5 foiz ovoz va parlamentdagi 108 örinni qölga kiritmoqda. Yimmi Okessonning «Şvetsiya demokratlari» partiyasi 20,7 foiz ovoz, ya’ni 74 mandat bilan ikkinçi örinda.
Agar öng qanot bloki saylovlarda ğalaba qozonsa, bir vaqtlar marginal bölgan öng qanot populistik «Şvetsiya demokratlari» partiyasi birinçi marta Skandinaviya qirolligi hukumatiga kirişi mumkin böladi. Saylovda iştirok etib, an’anaviy öng qanot partiyalari – konservativlar, liberallar va xristian-demokratiklar öta önglar kömagida mamlakatni boşqarişga tayyor ekanliklarini bildirgandi.
Mutaxassislarning fikriça, migratsiya siyosatini qat’iylaştiriş tarafdori bölgan «Şvetsiya demokratlari»ning ommalaşib borayotgani Şvetsiyaga migratsiya oqimining kuçayişi bilan bir vaqtga töğri kelgan. Aholisi 10 milliondan sal kam bölgan bu Skandinaviya davlati sönggi ön yil içida yarim millionga yaqin boşpana söragan şaxsni qabul qilgan.
Bu yilgi saylovlar kun tartibida migratsiya masalalari muhim örin tutdi. Bundan taşqari, şved saylovçilari jinoyatçilik va elektr narxining oşişi bilan boğliq mavzularga e’tiborni kuçaytirdi. Şu bilan birga, Şvetsiyaning NATOga qöşilişi masalasi, aftidan, elektoratni yuqoridagi muammolardan köra kamroq taşvişlantirgan.
Şvetsiyadagi parlament saylovlari arafasida DW naşriga bergan intervyusida AQŞning Germaniyadagi Marşall jamğarmasi katta ilmiy xodimi Jyeykob Fanka Kirkegor saylovlardagi haqiqiy xatar «agar na söllar, na öng partiyalar köpçilik örinni qölga kirita olmasa, Şvetsiya uzoq vaqt hukumatsiz qolişi, hattoki yangi saylovlar ham e’lon qilinişi mumkinligi»dan iborat bölganini aytgandi.












