Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ayni vaqtda Vladimir Putin bilan muzokara ötkazişga tayyor emasligini aytdi. U CNN jurnalistining şu haqdagi savoliga şunday javob qaytardi.
«Bugun emas. Men Rossiya tomonidan konstruktiv böliş istagini körmayapman. Ultimatumlarga kelsak: men uçun kim ultimatumlar qöyişi muhim emas — u yoki boşqa kimdir [Putin prezidentlik lavozimidan ketgan taqdirda]. Mening prinsipim şunday: men ultimatumlar qöyadiganlar bilan gaplaşmayman», — degan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Rossiya bilan kelişuv faqat Ukrainaning RF tomonidan egallab olingan hududlari ozod etilgaç imzolanişi mumkinligini aytgan.
«Baribir Rossiya biz bilan çegaradoş, baribir bu juda köp aholiga ega qöşnimiz, şuning uçun deokkupatsiyadan keyin bizning mamlakatimiz ular bilan qöşni sifatida yaşaşiga töğri keladi», — degan u.
- Zelenskiyning CNN telekanaliga bergan intervyusi ukrain harbiylarining Xarkiv oblastidagi ulkan muvaffaqiyatlari ortidan e’lon qilindi. Sentyabr oyida beş kun içida ular RF harbiylari oylar davomida egallab turgan va Donetsk oblastiga hujum qiliş uçun foydalangan katta hududlarni qaytarib oldi. RF mudofaa vazirligi bu hududlardan çekinişini «Donbassdagi sa’y-harakatlarni kuçaytiriş» uçun «qöşinlarni qayta jamlaş va köçiriş» sifatida izohladi.













