Yiğilişda “Davlat çegarasi töğrisida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda muhokama qilindi. 10 ta bob va 72 ta moddadan iborat qonun loyihasida davlat çegarasini ötkaziş punktlari orqali kesib ötayotgan jismoniy şaxslar huquq va majburiyatlari belgilanmoqda, davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qilişda qurol-yaroğ, harbiy texnika, maxsus vositalar, jismoniy kuç va xizmat hayvonlarini qöllaş tartibi öz aksini topgan. Davlat çegarasi rejimi, davlat çegarasi rejimini buziş tuşunçalari, uning tasniflanişi va turlari belgilanmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinişi Özbekiston davlat çegarasini işonçli qöriqlaş va himoya qilişga, Özbekiston vazirlik va idoralar davlat çegarasidagi vakolatlarini tizimli ravişda belgilab berilişiga xizmat qiladi.
Körib çiqilgan masala muhokama qilinib, yakunda fraksiya tegişli qarori qabul qilindi.












