13 sentabr, seşanba kuni Los-Anjyelesda 74-Emmy mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi. HBO telekanalining «Merosxörlar» loyihasi «Eng yaxşi dramatik serial», «Ted Lasso» «Eng yaxşi komediya seriali» nominatsiyasida ğolib böldi.
Hakamlar hay’ati HBÖning yana bir loyihasi - «Oq nilufar»ni eng yaxşi mini-serial sifatida tanladi. Koreyalik aktyor Li Jong-Jye «Kalmar öyini» Netflix serialidagi boş roli uçun dramatik serialdagi eng yaxşi aktyor mukofotini qölga kiritdi. Mukofot uning faoliyatidagi birinçisi böldi. «Kalmar öyini» dramatik serial uçun eng yaxşi rejissyorlik böyiça ham mukofotni qölga kiritdi.
Zendaya «Eyforiya» loyihasidagi roli uçun dramatik serialdagi eng yaxşi aktrisa deb topildi. Bu aktrisaning ikkinçi haykalçasi. U uşbu serialdagi roli uçun 2020 yilda birinçi mukofotni olgandi.
Julia Garner «Ozark» kriminal serialidagi roli uçun dramatik serialdagi eng yaxşi ikkinçi plandagi aktrisa deb topilgan bölsa, Mettyu Makfediyen esa «Merosxörlar»dagi roli uçun şunday nominatsiyada ğolib böldi.
Komediya serialidagi eng yaxşi aktyor deb, avvalgi yildagidek, «Ted Lasso» serialida boş rolni ijro etgan Jyeyson Sudeykis topildi. Xuddi şu serialdagi roli uçun Brett Goldstin eng yaxşi ikkinçi plandagi aktyor sifatida tan olindi. Serialning özi uçun eng yaxşi rejissyorlik mukofoti berildi.
Hakamlar hay’ati «Eng yaxşi komediya aktrisasi» sifatida «Makkorlik» serialidagi Jin Smartni tanladi, «Ebbott» boşlanğiç maktabi» loyihasidan Şeril Li Ralf esa ikkinçi plandagi eng yaxşi komediya aktrisasi deb topildi.
Maykl Kiton «Buziş» mini-serialidagi roli uçun eng yaxşi aktyor, Amanda Sayfred «Çiqib ketiş» loyihasi uçun eng yaxşi aktrisa deb topildi.












