Makro supermarketlar tarmoği “Mega Planet” KSM da flagman filiali reopeningini ötkazdi. Tantanali oçiliş marosimi 10 sentabr kuni bölib ötdi.
Şunisi e’tiborga loyiqki, Makro savdo markasining tarixi 10 yildan köproq vaqt avval aynan uşbu dökondan boşlangan. Şu sababli, kompaniya undagi odatiy atmosferani saqlab qoliş, lekin ayni paytda u yanada qulayroq bölişi uçun savdo maydonini yangilaşga alohida e’tibor bilan yondaşdi.

"Men xaridorlarga köp yillik döstlik va uşbu yillar davomida ular bizga körsatgan işonçi uçun minnatdorman. 3000 dan ortiq xodimlarimiz siz Makröga har bir taşrifingizdan mamnun bölişingiz uçun mijozlarning ehtiyojlari va didini örganadilar, assortimentni kengaytiriş ustida işlaydilar, mahsulotlarning sifati va yangiligini tinimsiz kuzatib boradilar. Umid qilamanki, bu supermarket nafaqat qulaylik ramzi, balki siz oilangiz uçun zarur bölgan hamma narsani topişingiz mumkin bölgan sevimli joyga ham aylanadi", - dedi Makro supermarketlar tarmoğining boşqaruvçi direktori Stepan Maslennikov dökonning oçiliş marosimida.

Xöş, yangilangan Makro “Mega Planet” supermarketida qanday yangilik bor? Taşrif buyuruvçilarga qulaylik yaratiş uçun vaqtni tejaydigan öz-öziga xizmat körsatiş kassalari örnatildi. Freş, yangi yopilgan kulçali yangilangan zona, kafeteriy, şuningdek, norin, six kabob va rollar bölgan maxsus şoxobçalar bölib, siz u yerda real vaqt rejimida öz buyurtmangiz tayyorlanişini tomoşa qilişingiz mumkin.

Yangilangan Makro “Mega Planet” filialining katta maydoni tufayli öz-öziga xizmat körsatiş zonalari ham takomillaştirildi, bu yerda xaridorlar muzlatgiç kameralaridan qadoqlangan va ölçangan mahsulotlarni xarid qilişlari mumkin.

Makro kompaniyasi haqida
Makro supermarketlar tarmoği Özbekiston bozorida 2010 yildan beri mavjud. Ayni paytda u Özbekistondagi eng yirik supermarket tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Unda mamlakat böylab 100 dan ortiq supermarketlar mavjud.
















