Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina TIVga asir tushgan o‘zbeklar ishi bo‘yicha rasmiy nota yubordi
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va keyinroq e’lon qilinadigan batafsil va ishonchli ma’lumotlarni kutishni so‘ramoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ukrain harbiylari ikki nafar o‘zbekistonlikni asir olgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yuborgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ushbu mamlakat hududida jang qilgan go‘yoki ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan batafsil va ishonchli ma’lumot olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi.
Ushbu video bo‘yicha tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va keyinroq e’lon qilinadigan aniq va yakuniy ma’lumotni kutishingizni so‘raymiz”, deyiladi elchixona xabarida.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biror shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi jinoyat hisoblanadi va bunday harakatni sodir etganlar 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026