Rossiya tomonidan Qrim rahbari etib tayinlangan Sergey Aksenov ukrainça qöşiqlar aytadigan mahalliy aholi vakillariga murojaat qilib, ularga jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Aksenov «maxsus harbiy amaliyot» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi) vaqtida «ukrainça şiorlar aytayotgan, millatçilar madhiyasini kuylaydiganlar»ga nisbatan jinoiy iş oçilişi mumkinligini aytdi.
Aksenov ijtimoiy tarmoqda tarqalgan qandaydir ommaviy tadbir haqida gapirib, unda Ukrainani olqişlaydigan çaqiriqlar bölganini gapirgan. U aynan qaysi tadbir haqida gapirganiga aniqlik kiritmagan, lekin bunday tadbir taşkilotçilari va qatnaşçilari jazolanişi kerakligi haqida post e’lon qildi.
Aksenov bu tadbir iştirokçilarining barçasini aniqlaşga körsatma bergan. Uning aytişiça, bu masala bilan FXX, militsiya, prokuratura va hukumat vakillari şuğullanmoqda. Aksenov aytgan tadbirda qatnaşganlar jinoiy javobgarlikka tortilişi, lavozimidan ozod qilinişi va Rossiya hududida tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum etilişi mumkin.
«Özini bunday tutadigan odamlarni haqiqiy xoin deb bilaman. Ukrainadagi rejimni qöllaydiganlarning barçasi ularga yoqadigan davlatga ketişi kerak. Bizning davlatimiz yoqmayaptimi? Özingizga yoqadigan davlatga boring», degan Aksenov.
Aksenov şu kunlarda internetda tarqalgan töy tasvirlarini nazarda tutgan bölişi mumkin.
Qrimdagi Boğçasaroy tumanida joylaşgan restoranda ötgan öşa töyda mehmonlar Ukrainani şaraflaydigan «Çervona kalina» qöşiği sadolari ostida raqsga tuşgan.
- 1914 yilda yozilgan «Oy u luzі çervona kalina» qöşiği fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Ukrainaning ramzlaridan biriga aylangandi. Boşqa davlatlarda ham Ukrainani qöllamoqçi bölganlar şu qöşiqni kuylaşmoqda.













