Uçib ketiş zali oldidagi avtoturargoh siğimi 214 tadan 333 taga kengaytirildi. Soyabonlar va savdo şoxobçalari olib taşlanişi, avtobuslar va taksilar uçun yuriş liniyasi qayta konfiguratsiyasi hisobiga hudud kengaytirildi. Yölovçilarni kuzatuvçi va kutib oluvçilar uçun terminal özida şaroitlar yaratilmoqda. Tez orada uçiş zali uçinçi qavatida umumiy ovqatlaniş va çakana savdo şoxobçalari işga tuşadi.

Uçib keliş zali oldida 175 örinli yangi avtoturargoh qurildi va mavjud 122 örinli avtoturargoh rekonstruksiya qilindi. Aeroport oldi hududi yangi loyihasiga asosan avtoturargohlardagi joylar soni 187 foizga — 336 tadan 630 tagaça köpaytirildi. Ketiş va keliş zallari orasidagi yopiq avtoturargoh mehmonxonaga va mehmonxonadan taşişni amalga oşiruvçi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uçun ajratiladi.

Boşqaruv kompaniyasi tomonidan töxtaş joyi lokatsiyasi va töxtab turiş davomiyligini (soat, kun) hisobga olgan holda tariflar örnatildi. Eng yaqin uçta avtoturargohda bir soat (uçib keliş, uçib ketiş, IBK «Toşkent-Aero») turiş 10 000 söm böladi. Olisdagi uçta avtoturargoh uçun («Uçiş kompleksi», «Ruxsatnomalar beriş byurosi» va «Yaşil zona») — 5 000 söm. 

Barça avtoturargohlarda dastlabki 10 daqiqa bepul böladi. Estakada yopiq bölsa, taksilar, şaxsiy avtomobillar yoki turistik avtobuslar uçib ketiş zalidagi töxtaş joyiga mutlaqo bepul kirib, yölovçini qoldirişi mumkin. Kunlik tölov eng yaqin avtoturargohlarda 100 000 söm, olisdagi avtoturargohlarda 50 000 söm etib belgilandi.