CRU 800-1000kVt turiga mansub yangi Vitocrossal 300 modeli muhim afzalliklarga ega: modernizatsiyalangan gorelka qozon ölçamini sezilarli darajada qisqartiriş imkonini berdi, qurilmaning modulli tamoyili esa, uni montaj qiliş va taşişni yengillaştiradi. Har qanday yuklamada samarali va barqaror yonib turiş yuklamaga moslaştiriş imkonini beradi, bu çiqişda issiqlikning qulay darajasini saqlab qolgan holda, gazga xarajatlarni maksimal darajada tejaşga xizmat qiladi. Yangilangan funksiyalar haqida batafsilroq sözlab beramiz.
Soddalaştirilgan montaj
Köpinça isitiş qozonini taşiş va montaj qiliş uning katta ölçamlari tufayli qiyinlaşadi, şu sababli yuqori quvvatli qozonlar modernizatsiyasi, joy yetişmasligi tufayli, çeklangan doiradagina mumkin bölardi. Endi bu ötmişda qoldi. Past alangali Matrix-disk innovatsion gorelkasi yordamida qozon ölçamlarini sezilarli qisqartirişga erişildi. Qanday qilib?

Gazli isitiş qozonining içi qanday tuzilganligini körib çiqamiz. Standart gorelkalar, alanganing balandligi tufayli, qozonning özini ham uzun bölişini taqozo qilardi. Qiyoslaş uçun – avvallari qöllanilgan, bosimi oşiriladigan gorelkalarda ançagina baland alanga bölardi. Viessmann kompaniyasi işlab çiqqan yangi Matrix-disk gorelkasida alanganing balandligi taxminan bir metrga pastroq böladi. Yoniş kamerasining balandligi ham şunçaga qisqaradi, pirovardida qozon ölçamlari sezilarli kamayadi. Innovatsion texnologiyalar tufayli, montaj maydoni qariyb uçdan bir baravarga qisqarib, obektgaça taşiş ham osonlaşdi.

Özining ixçamligiga qaramay, Vitocrossal 300 e’lon qilingan quvvatini va funksionalligini saqlab qoladi. Şuningdek, gorelka va qozonning ikkita moduli (yoniş kamerasi va issiqlik almaşgiç) alohida-alohida taşilişi hisobiga, uning montaj maydonçasiga yetkazilişi ham soddalaşadi. Isitiş qozonining modulli konstruksiyasi buni har qaçongidan ham köra soddaroq amalga oşiriş imkonini beradi. Isitiş qozonining maydoni çeklangan holatlarda bu ideal yeçim sanaladi.

Isitiş qozonining surilma qoplamaga ega ekanligi gorelka tomonidan va gaz ötadigan tomondan qozonning barça nuqtalariga osongina, qoplamani yeçmay qöl yetişini ta’minlaydi. Bu texnik xizmat körsatişda srevis jarayonlarini sezilarli soddalaştiradi va tezlaştiradi.


















