O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi

Foto: Shutterstock
Prezident “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Prezident farmoniga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlash, davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslar elektron reyestrlarini yuritish imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirilgan.
Belgilanishicha, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022 yil 1 noyabrdan boshlab:
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) nazorat qiluvchi organlar:
- “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlar boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’yektini xabardor qiladi;
- tadbirkorlik sub’yekti ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas;
- tadbirkorlik sub’yektlari uchun profilaktika tadbirlarini tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik sub’yektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish, tarqatma material va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida amalga oshiradi;
b) tadbirkorlik sub’yektlari nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega:
- tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda;
- tekshiruv belgilangan tartibda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida;
- ular tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida;
v) 2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.
Adliya vazirligi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi va nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda 2022 yil 1 noyabrga qadar davlat nazorati funksiyalari va tekshiruvlarni qisqartirish bo‘yicha takliflarni Strategik islohotlar agentligi kengashiga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi
O‘zbekiston | 18:00
-
Namanganning “Ibratli sudya”si xavfli retsidivist fohishaxona saqlovchini ozod qildi. Qo‘shmachi hokimning qizimi?
O‘zbekiston | 17:55
-
Xitoy Tayvan yaqinida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab, orol prezidentini «parazit» deb atadi
Jahon | 17:41
-
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat | 17:23
Mavzuga oid

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

14:15 / 15.01.2025
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi

09:00 / 28.03.2024
Bosh konsulxona: Turkiya chegarasida mamlakatga kelayotganlarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar boshlandi

11:30 / 13.01.2024