Yevropa Ittifoqi sönggi yarim asrdagi eng yirik energetika inqiroziga uçradi. Bu dunyoning ikkinçi yirik iqtisodiyotiga yarim trillion yevrodan köproq zarar keltirdi. Qiş hali boşlanmadi, isitiş mavsumi oldinda, ammo gaz narxi ötgan yilgidan 10 barobar qimmat.
Bunga Putin aybdor, deb hisoblaydi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.
«Rossiya energiya bozori bilan faol ravişda manipulyatsiya qilmoqda», dedi u Yevroparlament va Yevropa Ittifoqining 450 million fuqarolariga yöllagan murojaatida. - Rossiya nafaqat Ukrainaga qarşi uruş boşladi. Bu bizning energetikamizga, iqtisodiyotimizga, qadriyatlarimiz va kelajagimizga qarşi uruşdir».
Bu qarama-qarşilikda Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatdan bardoş va birdamlik talab qilinadi. Yevrokomissiya tomonidan e’lon qilingan yangi reja aynan şuni kuçaytirişga qaratilgan. Şundagina ğalaba kafolatlanadi, deb qöşimça qildi fon der Lyayyen.
«Putin yutqazadi. Ukraina va Yevropa esa ğalaba qozonadi», dedi u va Ukrainani qöllab-quvvatlaşga, Kremlga nisbatan esa qattiqqöllik qilişga va’da berdi.
«Sanksiyalar saqlanib qoladi. Endi yon beriş emas, qat’iylik davri keldi».
Har qanday holatda ham ğalaba
Kreml Yevropa Ittifoqiga qarşi energiya uruşini bir yildan buyon davom ettirmoqda. Putin bu uruşda hujumga ötganini Yevropa yozdayoq tuşunib olgan edi.

May oyiga kelib, Rossiya gazini yetkazib beriş hajmi uç yillikning eng yuqori körsatkiçlaridan ikki barobar pasaydi va kuniga 250 million kub metrga tuşib qoldi. Iyul oyi boşida esa «Gazprom» «Şimoliy oqim» magistral quvurini oldin profilaktika maqsadida, söngra butunlay öçirdi. Oqibatda gaz yetkazib berişning kundalik hajmi 80 million kub metrga tuşdi – tarixiy minimum.
Yevropa zudlik bilan gaz blokadasiga tayyorgarlik körişni boşladi, qanday qilib Rossiya energiya manbalarisiz qişni ötkazib oliş haqida öylab, favqulodda rejalarni tuzdi. Birinçisi iyul oyida paydo böldi. U qiş uçun gaz töplaşni nazarda tutar edi.
Ikkinçi rejani fon der Lyayyen xonim e’lon qildi. U elektr energiyasini qanday tejaş va energetiklarning yuqori daromadlarini qimmat narxlardan aziyat çekayotgan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga qayta taqsimlaş haqida edi.















