14 sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakçisini davlatimiz rahbari kutib oldi.


Milliy kuy-qöşiqlar, raqslar ijro etildi.




Taşrifning asosiy tadbirlari 15 sentabr kuniga möljallangan. Şu kuni oliy darajadagi Özbekiston-Xitoy muzokaralari bölib ötadi.
Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16 sentabr kuni Şanhay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etadi.













