Rossiyaning «Rosneft» kompaniyasining Germaniya hududidagi aktivlari musodara qilindi. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, federal hukumat Rosneft Deutschland GmbH (RDG) va RN Refining & Marketing GmbH (RNRM) korxonalarini federal tarmoq agentligi işonçli boşqaruviga ötkazdi.
«Federal tarmoq agentligi Rosneft Deutschland hamda PCK, MiRo va Bayernoil neftni qayta işlaş zavodlari ustidan nazorat örnatdi», — deyiladi xabarda.
Vazirlikning ma’lumot berişiça, Germaniyadagi barça neftni qayta işlaş zavodlarining 12 foizga yaqini «Rosneft»ga tegişli.
Aprel oyida Gazprom Germania nemislar boşqaruviga ötkazilgandi. Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek kompaniyani töliq milliylaştirişga çaqirgan, biroq kansler Olaf Şols bunga rozi bölmagandi.











