16 sentabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sammitda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi  hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi tadbirning bosh yakuniy hujjati bo‘ldi.

Jami 44 ta hujjat - bitim, konsepsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixida rekord ko‘rsatkichdir. Jumladan:

– ShHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini 2023-2027 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi to‘g‘risida;

– ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha konsepsiyasi to‘g‘risida;

– «ShHTning ezgu niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risidagi nizom to‘g‘risida;

– ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” to‘g‘risida;

– Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani to‘g‘risida;

– Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini boshlash to‘g‘risida;

– Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Kuvayt Davlatiga ShHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini berish to‘g‘risida;

– Varanasi shahrini (Hindiston) 2022-2023 yillarda ShHTning turizm va madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risida;

– ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha BMT (YuNeSKO) o‘rtasida memorandumni imzolash to‘g‘risida;

– ShHT Bosh kotibining tashkilotning o‘tgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021 yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari haqida;

– ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida;

– ShHT faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, ShHT Davlat rahbarlari kengashining:

– iqlim o‘zgarishiga nisbatan javob harakatlari to‘g‘risida;