Reuters agentligining Özbekiston hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berişiça, Si Jinping koronavirusga qarşi ehtiyot çoralari tufayli keçki ovqatni ötkazib yuborgan.
Agentlik Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi yetakçilar payşanba kuni keçqurun keçki ovqatga borgan çoğida olingan suratlarda Xitoy rahbarining bölmaganiga e’tibor qaratdi.
Reuters’ning aniqlik kiritişiça, bu 69 yoşli Si Jinpingning COVID-19 pandemiyasi boşlanganidan beri birinçi xorijiy safari.
Eslatib ötamiz, 15 sentabr kuni barça taklif etilganlar Samarqandga yetib kelişdi, uçraşuvlar boşlandi. Sammitning birinçi kuni yakunida mehmonlar uçun norasmiy qabul taşkil etildi.
Şavkat Mirziyoyev mehmonlarni Samarqand şahri sayyohlik markazidagi «Boqiy şahar» majmuasi bilan taniştirdi. Mehmonlar milliy taomlardan ham tanovul qilib kördi.














