Pokiston taşqi işlar vaziri Bilaval Bhutto Zardari ŞHT sammitida xorijlik va özbekistonlik jurnalistlarga bergan intervyusida sammitda hozir bölgan barça liderlar Afğoniston tinç bölişini xohlaşlari, uning tinçligi qöşnilar tinçligi uçun ham muhimligi haqida gapirdi.

“Tranzit savdo bu – mening mamlakatim va sizning davlatingiz (jurnalistlarga qarata) örtasidagi munosabatdir. Asosiy muammo Afğonistonda tinçlik va barqarorlik istiqbollari bilan boğliq. Menimça, Afğonistonni tinç va barqaror köriş barça mamlakatlarning maqsadidir. Bugun bu yerda hozir bölgan barça yetakçilarda şu xohiş borligini köriş mumkin”, - dedi Zardari.

Uning sözlariga köra, Afğoniston tinçligi nafaqat Afğon xalqiga, balki qöşni davlatlarga ham farovonlik eşigini oçadi.

“Muammoning manzili – xavfsizlikdir, biz hammamiz birgalikda bu maqsadga erişamiz deb umid qilaman va şunday muhit yuzaga kelişi bilanoq Afğonistonda tuzilma loyihalari işlab çiqiladi, keyin biz ularni muhokama qilişimiz mumkin”, – dedi Pokiston taşqi işlar vaziri.