Germaniya içki işlar vaziri, xususan, sport bilan boğliq masalalar uçun mas’ul Nensi Fezer Belarus terma jamoasini Germaniyada bölib ötadigan futbol böyiça 2024 yilgi Yevropa çempionati saralaş bosqiçida iştirok etişdan çetlaştirişga çaqirdi. Fezer Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) rahbari Aleksander Çeferinga tegişli sörov bilan xat yölladi. AFP agentligiga 16 sentabr, juma kuni xabar yuborilganini vazirlik vakili tasdiqladi. Maktub haqida ilk bor Germaniyaning Der Spiegel jurnali xabar bergan.
Fezer «barça xalqaro futbol öyinlari va turnirlaridan nafaqat xalqaro huquqni buzgan holda tajovuzkor uruş olib borayotgan Rossiyani, balki Rossiya rahbariyatining asosiy yordamçisi sifatida Belarusni ham olib taşlaşni» talab qilmoqda. Vazir sözlariga köra, futbol jamoatçiligi «öz mas’uliyatli roliga mos kelişi va inson huquqlarini mensimaslikning Moskva va Minsk namoyiş qilayotgan körinişiga qarşi birdamlik bilan turişi» kerak. Davlatlarning qonunbuzilişiga mas’ul sportçilar «sport bilan şuğullaniş, ta’sir qiliş yoki boşqa yöl bilan vakillik qiliş imkoniyatidan mahrum bölişi kerak», dedi Nensi Fezer.
Vazir, şuningdek, Rossiya va Belarus rasmiylarini xalqaro sport federatsiyalarining nufuzli organlaridagi lavozimlaridan çetlaştirişni talab qilmoqda.
9 oktyabr kuni Frankfurt-Maynda Yevro-2024 saralaşiga qur’a taşlaş marosimi bölib ötadi. Der Spiegel eslatişiça, Rossiya terma jamoasi va Rossiya klublari bahordan boşlab xalqaro futbol turnirlarida iştirok etişdan çetlatilgan.
Ayni paytda, Rossiya va Belarus sportçilari hali ham barça xalqaro biatlon musobaqalariga kiritilmayapti. Bunday qaror Xalqaro biatlon ittifoqi (IBU) tomonidan 16 sentabr kuni Zalsburgda bölib ötgan kongressda qabul qilindi.
Şu tariqa, rahbariyatning 1 martdan beri amalda bölgan sanksiyalarni uzaytiriş haqidagi iltimosi qöllab-quvvatlandi. Rejim keyingi ogohlantirişgaça saqlanib qoladi. Rossiya va Belarus milliy federatsiyalari Moskvaning Ukrainadagi uruşidan aniq uzoqlaşmagunça çetda qoladi.
Şu bilan birga, Xalqaro olimpiya qömitasi rahbari Tomas Bax Xalqaro biatlon ittifoqi kongressiga yöllagan videomurojaatida ruslarni çetlaştiriş atrofidagi muammoni «hal qilişini» aytdi. «Men heç qanday aniq qadamlar yoki muddatlarni e’lon qila olmayman», deya qöşimça qildi u.
Avvalroq, avgust oyi örtalarida kanadalik huquq professori, Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Rossiya hukumati idoralarining 2014 yil Soçida bölib ötgan Olimpiada öyinlaridagi doping firibgarligi haqidagi ayblovlarini tekşiriş böyiça komissiyasi sobiq rahbari Riçard Maklaren Rossiya va Belarus sportçilari xalqaro musobaqalarda iştirok etişdan çetlatilganiga qarşi çiqdi.











