«Pari Sen-Jyermen» hujumçisi Kilian Mbappe dunyodagi eng köp maoş oluvçi futbolçiga aylandi. Yillik reyting Sportico portalida e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, 23 yoşli fransuz PSJ bilan may oyida imzolagan şartnomasi tufayli ötgan yilgi yetakçi Lionel Messini ortda qoldirdi.
Mbappe bu yilgi mavsumda 125 mln dollarga işlaydi. Bundan 105 mln dollarini maoşi, 20 mln dollarini esa turli homiylik şartnomalari taşkil etadi.
Ikkinçi öringa 113 mln dollar (53 mln + 60 mln) bilan «Mançester Yunayted»ning portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronaldu joylaşdi.
Messi uçinçi öringa tuşib ketdi. Argentinalik 35 yoşli futbolçi 110 mln dollarga işlaydi (62 mln + 48 mln).
Yuqori öntalikdan şuningdek, braziliyalik Neymar (PSJ, 91 mln — 56 mln + 35 mln), misrlik Muhammad Saloh («Liverpul», 39,5 mln — 24,5 mln + 15 mln), belgiyalik Eden Azar («Real», 31,3 mln — 28,6 mln + 2,5 mln), ispaniyalik Andres Iniyesta («Vissel Kobe», 30 mln — 23 mln + 7 mln), angliyalik Rahim Sterling («Çelsi», 29,4 mln — 21,4 mln + 8 mln), belgiyalik Kevin De Bryuyne («Mançester Siti», 29 mln — 25,5 mln + 3,5 mln) va fransiyalik Antuan Grizmann («Atletiko», 27,5 mln — 22 mln + 5,5 mln) joy oldi.












