Estoniya poytaxtida NATO harbiy qömitasi konferensiyasi bölib ötmoqda. Bu formatning asosiy vazifalaridan biri - Madriddagi NATO sammitida kelişilgan qarorlarni amalga oşiriş. Estoniya prezidenti Alar Karis 16 sentabr, juma kuni forum oçilişida sözlagan nutqida Ukrainadagi vaziyatga töxtalib, Rossiya agressiyasiga qarşi Kiyevga harbiy yordam körsatişni davom ettirişga çaqirdi.

«Hozir - Ukraina jang maydonida birinçi muvaffaqiyatlarni rivojlantirişda davom etişiga kömak körsatiş vaqti», dedi Karis. «Hammamiz bilamizki, uruş tugaşiga hali ança bor. Bu nima bölişidan qat’iy nazar harbiy yordamni davom ettirişimiz kerakligini anglatadi. Ukraina muvaffaqiyatlaridan foydalanmaslik katta xato böladi», - dedi Estoniya davlati rahbari.

Uning fikriça, agar Ukrainadagi mojaro muzlatilsa, u Yevropa yuragidagi yiringli yara bölib qoladi. «U bizga yillar davomida Rossiya bilan qarama-qarşilik siklidan çiqib ketişga tösqinlik qiladi», dedi Alar Karis. «Yevropa xavfsizligi va barqarorligi nuqtayi nazaridan, Rossiyaga qarşi eng samarali strategiya hali ham iqtisodiy, siyosiy va harbiy çoralarni çeklaşdir», dedi Karis.

Estoniyadagi yiğilişda Iroqdagi qurolli kuçlar uçun NATO instruktorlarini tayyorlaş (NATO Mission Iraq, NMI) va Kosovoda xavfsizlikni ta’minlaş uçun Alyans boşçiligidagi mas’ul xalqaro kuçlar (KFOR) faoliyati bilan boğliq masalalar ham körib çiqiladi.

Finlandiya va Şvetsiya mudofaa vazirlari Antti Kaykkonen va Peter Xultkvist bu yil ilk bor taklif etilgan mehmon sifatida konferensiyada iştirok etmoqda. Forum 18 sentabrga qadar davom etadi. Yiğilişga NATO harbiy qömitasi rahbari admiral Rob Bauer raislik qilmoqda. 

Harbiy qömita yiliga ikki marta NATOning Bryusseldagi ştab-kvartirasida mudofaa vazirliklari rahbarlarining yiğilişlari uçun yiğiladi, yiliga bir marta konferensiya alyans davlatlaridan birida ötkaziladi. 

Forum Şimoliy atlantika kengaşiga global xavfsizlik muammolariga qanday javob beriş böyiça konsensusga asoslangan harbiy maslahatlar beradi. Harbiy qömita işini NATO ştab-kvartirasidagi mamlakatlarning doimiy harbiy vakillari ta’minlaydi. Uning tarkibiga alyansga a’zo 30 ta davlat ştab boşliqlari kiradi. 

NATOning iyun oyi oxirida Madridda bölib ötgan sammitida alyans a’zolari Litvada joylaşgan NATO xalqaro batalonini Germaniya boşçiligidagi kattaligi 3000-5000 askardan iborat brigada bölinmasigaça kengaytirişga kelişib oldi.