Angliya: yarim soat ichida het-trik

Vulverhempton – Manchester Siti 0:3
Gollar: 0:1 – 1 Grilish, 0:2 – 16 Holand, 0:3 – 69 Foden.
Vulverhempton – Joze Sa, Kastro, Kollinz, Kilmen, Ait-Nuri (Semedu, 81), Moutinyu, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Podense (Traore, 70), Gedesh (Xvan Xi Chxan, 70), Netu (Kempbell, 86).
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Akandji, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gyundo‘g‘an, 72), Bernardu Silva (Alvares, 72), Rodri (Serxio Gomes, 81), Grilish (Palmer, 77), Foden (Marez, 72), Holand.
Ogohlantirishlar: Rodri (13), Mateush Nunesh (65), Ruben Nevesh (66).
Chetlatish: Kollinz (33).

Bir necha kun oldin Chempionlar ligasidagi keskin o‘tgan o‘yin «Manchester Siti»ni katta kuch sarflashga majbur qilgandi, ammo jamoa futbolchilari bo‘shashishmadi va g‘alabali yurishni davom ettirdi. Fodendan tovon bilan pas, De Breynedan kross va Grilish 1-daqiqadayoq hisobni ochdi.

Keyin esa Holand navbatdagi golini urdi — bu uning chempionatdagi 10-goli bo‘ldi. Bu safar norvegiyalik hujumchi jarima maydonidan tashqarida turib to‘pni darvoza burchagiga yo‘lladi va yana bir ko‘rsatkich bilan tarixga kirdi. Bu safar APLda ilk mavsumida dastlabki to‘rtta safar o‘yinida gol urgan futbolchi sifatida. Bundan tashqari, u «Zalsburg»dan ketganidan buyon o‘tkazilgan 99 rasmiy o‘yinda urgan gollari sonini 100 taga yetkazib qo‘ydi.

Shundan keyin «shaharliklar» o‘yin tempini pasaytirishdi. Aniqrog‘i bu 33-daqiqada Kollinz maydon markazida butsasining ostki qismi bilan Grilishga tashlangan va «Vulverhempton»ni kamchilik bo‘lib qoldirganidan keyin ro‘y berdi. Va faqat 70-daqiqa arafasida, o‘yinda 70 yil mamlakatni boshqargan qirolicha Yelizaveta II hurmatiga to‘xtalish bo‘lishidan oldin Foden hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - unga APLda 150-bor samarali ko‘rsatkich qayd etgan De Bryuyne (58 gol va 92 pas) uzatma berdi. Belgiyalik futbolchi golli uzatmalar soni bo‘yicha Stiven Jyerrardning natijasini takrorladi.

Xosep Gvardiola jamoasi ochkolari sonini 17 taga yetkazgan holda, kamida «Arsenal»ning (15 ochko) yakshanba kungi o‘yini yakuniga qadar turnir jadvalini boshqarib turadi.