Uruşning navbatdagi kunidagi asosiy voqea Ukraina qurolli kuçlari tomonidan Kupyanskning şarqiy qismi ham ozod etilgani böldi. Bu amaliyot muvaffaqiyati mustahkamlanişi ukrain armiyasiga yurişni Luhansk oblasti çegarasiga qadar davom ettiriş imkonini beradi. Xarkiv oblastida oldinroq ozod etilgan hududlarda Rossiya istilosi oqibatlarini tergov qiliş jarayoni davom etmoqda. Frontning boşqa uçastkalarida esa tomonlar harbiy harakatlarni davom ettirmoqda.
Quyida 17 sentabr, uruşning 206-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kunning asosiy suratlari. Ukraina harbiylari tomonidan ozod etilgan Kupyanskdan ilk suratlar
Sönggi haftalarda Xarkiv oblasti markazidan 100 kilometrdan ortiq masofada joylaşgan Kupyansk şahri uçun janglar olib borildi. 17 sentabr kuni Ukraina qurolli kuçlari nihoyat Kupyanskni ikki qismga ajratib turadigan Oskol daryosi keçib ötilgani va şarqiy qirğoqda ham mustahkam örnaşilgani haqida xabar berdi — Ukraina qöşinlarining Xarkiv oblastidagi qarşi hujumidan keyin çekingan rossiyalik harbiylar şu yerda platsdarm örnatişgandi. Endilikda agar ukrain armiyasi ta’minotni yölga qöyib, yangi qarşi hujum boşlasa, Luhansk oblasti çegaralarigaça yetib borilişi mumkin.

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press




























