Uşbu şoxobçada xizmat körsatayotgan xodimlar orqali qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yöqligini bilib oliş va qarzdorlikni şu zahoti bu saytda elektron tölov tizimlari orqali amalga ham oşiriş mumkin. Şoxobçaga infokioska ham örnatilmoqda, bu esa fuqarolarning naqd pulda ham tölovni amalga oşiriş imkonini yaratadi.
Endigina faoliyatini boşlagan şoxobçaga bir kunda 50 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari böyiça taqiq masalalariga aniqlik kiritilmoqda. Öz vaqtida tölanmay qolgan qarzdorliklar evaziga 30 mln sömdan ortiq mablağlar elektron tarzda qabul qilindi.
Majburiy ijro byurosining qidiruv bölimi I.Gafurovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, boşqa aeroportlarda ham fuqarolarda taqiqlar masalasida muammolar yuzaga kelganida, markazlaşgan tartibda masalani örganiş va hal etiş uçun maxsus telefon raqami (95-411-07-17) joriy qilingan. Fuqarolar bu raqam orqali yoki aeroport mas’ul xodimlariga orqali Toşkent xalqaro aeroportidagi interaktiv şoxobça bilan boğlanişlari va muammolarini hal qilişlari mumkin.












