Tahlilçilarga köra, Putin Xitoy rahbaridan Ukrainadagi uruş böyiça kutilgan qöllovni ololmagan.
Kamoliddin Rabbimov: Öylaşimça, haqiqiy fikr almaşişlar yopiq eşiklar ortida böldi. Bunda Rossiya prezidenti taşabbusni qölga olib, vaziyatni öz manfaatiga rasmiylaştirişga harakat qildi. Ya’ni Xitoy rahbariga Ukraina masalasidagi qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirdi. Aslida, Ukraina masalasida Xitoy juda ham ehtiyotkor.
Uning Ukraina masalasida pozitsiyasi ikki tarkibiy qismdan iborat: global geosiyosat. Bu masalada Xitoy Rossiya tomonida. Çunki u NATOning kengayişini va ğarb agressiv geosiyosatini hamişa tanqid qiladi. Lekin ŞHTning eng markaziy qadriyati bu – davlatlar hududiy yaxlitligi. Bu masalada Xitoy heç qaçon kompromissga bormaydi. Çunki Xitoy köp tarkibli millatlar davlati hisoblanadi. Uning içida Tibet bor, uyğurlar bor. Ya’ni juda köp millatlar, xalqlar va ularning hududlari bor.

Xitoy uçun ŞHTni tuzişdan strategik maqsad taşqi dunyodan, jumladan, possovet hududi va Markaziy Osiyodagi siyosiy qaraşlarni nazorat qiliş va Xitoy içkarisidagi separatizm qöllab-quvvatloviga yöl qöymaslikdir. Ukraina masalasidagi Xitoyning ikkinçi pozitsiyasi bu – Ukraina yaxlitligi. Xitoyda şunday ziddiyat bor. Bir tomondan, geosiyosiy masalada kollektiv ğarbga qarşi turiş, ikkinçi tomondan, Ukraina yaxlitligini qöllab-quvvatlaş.
Rossiya va Xitoy orasida OAV nazdida bamisoli döstlik bordek edi. Lekin Xitoy ğarb tomondan qöllangan sanksiyalarni qöllab-quvvatlayapti va tan olyapti, şuningdek, Rossiya söragan tölaqonli yordamlarni şu paytgaça bergani yöq. Lekin sanksiyalarning hammasini tölaqonli işga ham solayotgani yöq. Bu yerda Xitoy pozitsiyasi ziddiyatli va öta ehtiyotkor. Çunki Xitoyning Rossiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalari ğarb davlatlari bilan bir neça 10 barobar katta. Ular içida eng katta savdo aylanmasi AQŞ bilan amalga oşirilib kelinadi. Xitoy Rossiya misolida kördiki, masalalarni uruş bilan hal qiliş teskari effekt beradi. Qöşimça sanksiyalarga olib keladi. Davlatning geosiyosiy majruhlanişiga sababçi bölişi mumkin. Şuning uçun öylaymanki, rasmiy Pekinning Tayvan borasidagi qaraşlari bugun özgaryapti. U transformatsiyaga uçrayapti. U keyinçalik yana kuç bilan qaytarib olişga harakat qilişi mumkin. Lekin Rossiya Ukraina örtasidagi uruş oqibatlarini özida his qilib köryapti deb öylayman.
Putin vaziyatni taşqi dunyo uçun öziga oğdirişga harakat qildi. Ya’ni minnatdorçilik bildirişi ortidan bamisoli Xitoy Rossiyani qöllab-quvvatlayotgandek fon uyğotişga urindi. Lekin aslida vaziyat unday emas.












