Çexiya Yevropa ittifoqi kengaşining amaldagi raisi sifatida Ukraina hududida harbiy jinoyatlar böyiça xalqaro tribunal tuzişga çaqirdi. «Rossiya Izyum viloyatida yuzlab qatl etilgan va qiynoqqa solingan odamlar kömilgan ommaviy qabrlarni qoldirib ketdi. 21-asrda tinç aholiga qarşi bunday hujumlar aqlga siğmaydi va jirkançdir. Ularni e’tiborsiz qoldirmasligimiz kerak. Barça harbiy jinoyatçilarning jazoga tortilişini talab qilamiz. Men agressiya jinoyatini jazolaş uçun maxsus xalqaro tribunalni tezroq tuzişga çaqiraman», — deb yozdi Çexiya taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy 17 sentabr, şanba kuni Twitter’dagi mikroblogida.
Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext ham xalqaro tribunal tuzişga çaqirdi. «Bu dahşatli jinoyatlar tergov qilinişi kerak - eng yaxşisi BMT ekspertlari tomonidan. Xalqaro tergovçilarga dalillar töplaş uçun imkon qadar tezroq ruxsat berilişi kerak. Jinoyatçilar javobgarlikka tortilişi lozim», dedi u Funke guruhi naşrlariga bergan intervyusida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 sentabr oqşomida xalqqa yöllagan kundalik videomurojaatida Xarkiv oblastida Rossiya armiyasi çekinganidan keyin öndan ortiq qiynoqqa soliş kameralari va elektr toki bilan qiynaş uçun möljallangan uskunalar topilganini aytdi. Ukraina tergoviga köra, Izyumda ölim oldidan qiynoqqa solingan odamlar jasadlari bölgan 450 ga yaqin qabr topilgan. Ba’zilarning qöllari orqasiga boğlangan. Zelenskiy Izyumni Buça va Mariupolga qiyosladi.













