DBQning “Bojxona qiymati deklaratsiyasini töldiriş yöriqnomasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Özgartiriş va qöşimçalar bojxona qiymatini aniqlaş usulidan kelib çiqqan holda deklaratsiya ustunlarini töldiriş tartibini, ilova qilingan hujjatlar röyxati va şartlarini belgilaydi. 

Bojxona qiymatini 1-usul böyiça aniqlaşda xavf örta yoki yuqori darajasi aniqlangan hollarda, hujjatlar röyxatini taqdim etiş talab qilingan bölsa, endilikda bunday xavf aniqlanganda hujjatlar faqatgina e’lon qilingan bojxona qiymati mazkur usul böyiça sönggi 90 kalendar kun içida olib kirilgan bojxona qiymatidan past bölgan taqdirda taqdim etiladi. Uşbu davr böyiça ma’lumot bölmagan taqdirda, taqqoslaş uçun 180 kalendar kun içida olib kirilgan tovarlar narxidan foydalanilişi mumkin.

Uşbu hollarda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: jönatuvçi mamlakat bojxona deklaratsiyasi; baholangan tovarlarni yetkazib berişga aloqador uçinçi şaxslar bilan tuzilgan şartnomalar; baholanayotgan tovarlarni yetkazib berişga aloqador uçinçi şaxslar tomonidan beriladigan tölov hisobvaraqlari.
 
Bunday hujjatlarni taqdim etiş iloji bölmasa (bojxona deklaratsiyasi bundan mustasno), hujjatlar töğrisidagi ma’lumotlarni öz içiga qamrab oluvçi xaridor yoki sotuvçi yozma tuşuntirişlari qabul qilinişi mumkin.

Endilikda 1-usul böyiça bojxona qiymatini aniqlaşda bitim taraflari örtasida özaro boğliqlik yöqligini tasdiqlaş uçun ixtiyoriy ravişda taqdim etilişi mumkin bölgan quyidagi hujjatlar körsatiladi:

  • Özbekiston bojxona hududiga olib kiriş uçun sotuvçi bilan boğliq bölmagan xaridorlarga sotilganda bir xil yoki öxşaş tovarlar narxini tasdiqlovçi hujjatlar;
  • 4- yoki 5-usullar bilan aniqlangan aynan bir xil yoki öxşaş tovarlar bojxona qiymatini tasdiqlovçi hujjatlar;
  • sotuvçi tomonidan Özbekistondan taşqari boşqa mamlakatlarga jönatilgan aynan bir xil tovarlar töğrisida ma’lumot.

2- yoki 3-usul böyiça bojxona qiymatini aniqlaşda tuzatiş kiritiş lozim bölgan hollarda, deklaratsiyani amalga oşiruvçi şaxs tovarni Özbekiston bojxona hududiga yetkaziş bilan boğliq bölgan xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etadi. Uşbu hujjatlar tovarlarni yetkazib beriş şartlari, transport turi yoki geografik manzilida farq bölganda taqdim etilişi mumkin.