«Özbekiston temiryöllari» AJ raisi Husniddin Hosilov 3 oyda öz tizimida özgariş qilmasa, işdan olinişi haqida ogohlantirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turizm masalalariga bağişlangan videoselektorda «Toşkent-Samarqand» va «Toşkent-Andijon» yönalişlarida avtomobilda yölovçi taşiş vaqti örtaça 1-1,5 soatga köpaygani, lekin, temiryöl va aviaqatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi körsatib ötildi.

Şu bois tegişli mutasaddilarga:

  • vodiy viloyatlaridan Toşkent, Nukus, Buxoro, Urganç şaharlariga har kuni aviareyslarni yölga qöyiş;
  • viloyat markazlaridan Toşkent, Nukus, Buxoro, Qarşi, Termiz va Urganç şaharlariga avia va temiryöl qatnovlarini 2 baravar köpaytiriş;
  • kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qiliş böyiça alohida dastur qabul qiliş;
  • viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanişni yölga qöyiş;
  • şveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Böstonliq turizm kollejlarida mehmonxona boşqaruvi, servis va boşqa yönalişlarda yangi öquv dasturlari asosida öqitişni boşlaş;
  • «Ipak yöli» turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida örta böğin xodimlarini tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoşlarni öqitiş topşirildi. 

«Özbekiston temir yöllari» AJ raisi H.Hosilov 3 oyda öz tizimida özgariş qilmasa, işdan olinişi haqida ogohlantirildi.