Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan, içki va taşqi turizm salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlariga bağişlangan videoselektorda turizm vaziri Aziz Abduhakimov, moliya vaziri Timur Işmetov, Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev va Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov qat’iy ogohlantirildi.
Majlisda «dyuti fri» va «taks fri» tizimlarini joriy etiş böyiça qaror imzolanganidan 3 yil ötganiga qaramay, bu borada sustkaşliklarga yöl qöyilayotgani tanqid qilindi. Uşbu tizim 2023 yil 1 yanvardan töliq işga tuşişi şart ekani aytildi.
Videoselektor yiğilişida sayyohlik taşkilotlariga qöyilgan talablarni soddalaştiriş zarurligi ta’kidlandi. Misol uçun, bugungi kunda mehmonxona taşkil etiş uçun 97 ta, «yulduz» oliş uçun esa 138 ta talab mavjud.
«Agar turizm sohasida raqobat qilişni istasak, birinçi navbatda, mehmonxonalar sifatiga alohida e’tibor qaratişimiz zarur», dedi prezident.
Mehmonxonalar taşkil etiş uçun talablarni xalqaro standartlar asosida soddalaştiriş topşirildi. Turistlarni içki işlar idoralarida röyxatga oliş tizimi ham yengillaştirilişi lozimligi körsatib ötildi.
«Eng rivojlangan mamlakatlar ham har bir turist uçun talaşayotgan paytda bizdagi ortiqça çeklovlarning hammasini qayta körib çiqiş kerak», dedi davlat rahbari.
Şu munosabat bilan turizm va içki işlar vazirlariga xorijiy turistlarni içki işlar idoralarida vaqtinçalik röyxatdan ötkaziş uçun ruxsat olişdan onlayn xabardor qiliş tartibiga ötkaziş topşirildi.
Yiğilişda turagentlarga litsenziya talabini bekor qilib, xabardor qiliş tartibiga ötkaziş böyiça qaror loyihasini kiritiş vazifasi qöyildi.
Umuman, Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalanib, 2023 yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million içki turistni jalb qiliş topşiriği berildi.
Kelgusi yilda turizm eksportini kamida 2 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Yiğiliş yakunida mutasaddilarning axboroti tinglandi.












