Memorandumda Özbekistonda investitsion quriliş loyihalarini amalga oşiriş va dor yöllarini ekspluatatsiya qiliş böyiça hamkorlik örnatiş, bitim doirasida investitsion loyihalarni ommalaştiriş uçun ekspertlarni jalb qiliş, dor yöllarini qurişga möljallangan joylarni tanlaş hamda hamkorlik texnik va moliyaviy darajadagi tafsilotlarini aniqlaştiriş uçun mutaxassislar guruhini yuboriş hamda dor yöllarini ekspluatatsiya qiliş va boşqariş böyiça öquv kurslari taşkil etiş közda tutilgan.
Bitimni tayyorlaş doirasida CAMCe korporatsiyasi vakillari hudud infratuzilma şaroitlarini örganiş uçun Böstonliq tumanida böldi. Safar davomida Xitoy korporatsiyasi delegatsiyasi «Çorvoq» direksiyasi investitsion loyihalari bilan tanişdi.
Xitoyning CAMCe korporatsiyasi oçiq aksionerlik jamiyati bölib, XXR markaziy hukumati boşqaruvidagi davlat korxonasi hisoblanadigan Xitoy milliy maşinasozlik korporatsiyasi (SINOMACH) tarkibiga kiradi.












