Boş prokuratura huzuridagi departament Çinoz tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.Ş. boşqa bir fuqaro J.ga göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali “Bözsuv” kanali atrofidan zaxiradagi 35 sotix yer maydonini 13 000 AQŞ dollariga rasmiylaştirib olib berişga kelişib, oldindan 1 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departament hamda DXX Şerobod tuman bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Şerobod tumani qişloq xöjaligi bölim boşliği Ş.B. fuqaro O‘.ga “Boğiobod” MFY hududidagi 4 gektar zaxiradagi yer maydonini tanişlari orqali arzon narxlarda auksionda yutib olib berişi evaziga 10 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlanib, şundan 4,8 mln sömni qaytargan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Buxoro viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Ş. boşqa bir fuqaro M.ga Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” MFY hududidagi 10 sotix zaxiradagi yer maydonini 3 000 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Uçqörğon tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa, Yer resurslari va kadastr davlat qömitasi Namangan viloyat boşqarmasi sobiq xodimi S.I. fuqaro Ş. işonçiga kirib, unga “Ç.A.” fermer xöjaligiga qaraşli 20 sotix yer maydonini rasmiylaştirib olib beriş evaziga 2 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.