Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi işlab çiqarişlar, işlar, kasblar va körsatkiçlar röyxatini tasdiqlaş hamda mazkur röyxatlarni qöllaş tartibi töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha 3 ta ilovadan taşkil topgan bölib, şundan birinçi uçta ilova imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi işlab çiqarişlar, muassasalar, işlar, kasblar, lavozimlar va körsatkiçlar röyxatlaridan iborat.
Röyxat iş jarayonida foydalaniş va bir xilda qöllaş uçun, muqaddam mazkur imtiyozlar böyiça ma’lum iş stajlariga ega bölgan fuqarolarni imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini poymol qilmaslik maqsadida rus va özbek tilida tayyorlangan.
Imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi işlab çiqarişlar, muassasalar, işlar, kasblar, lavozimlar va körsatkiçlar 1-, 2-, 3-sonli röyxatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş uçun hujjatlarni tayyorlaş va taqdim etiş tartibi töğrisidagi hamda imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi işlab çiqarişlar, muassasalar, işlar, kasblar, lavozimlar va körsatkiçlar röyxatlarini qöllaş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş közda tutilgan.
Bildirilişiça, qaror loyihasi qabul qilinişi natijasida:
- birinçidan, imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi işlab çiqarişlar, muassasalar, işlar, kasblar, lavozimlar va körsatkiçlar röyxatlari davlat tilida qabul qilinişiga;
- ikkinçidan, qaror loyihasi qabul qilinişi amaldagi normativ hujjatlardan yuqori kuçga ega bölgan hujjat amaliyotga tatbiq qilinadi va bu bilan Adliya vazirligi tomonidan 2066, 2276, 2337, 2409 raqamlari bilan davlat röyxatidan ötkazilgan hujjatlar bekor qilinişiga;
- uçinçidan, imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqini beruvçi lavozimlar röyxati dasturida ma’lumotnoma kiritiş hamda uşbu lavozimlarda işlagan fuqarolar dasturda qayd etilişiga, fuqarolar imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqişi huquqi amalga oşirilişida ortiqça ovoragarçiliklar oldi olinişiga erişiladi.












