«Öztemiryölnazorat» inspeksiyasi xabariga köra, Transport vazirligi tegişli buyruği kelgusida harakat va taşişlar xavfsizligi buzilişlari kelib çiqişi oldini olişga xizmat qiladi.
Hududida harakat va taşişlar xavfsizligi talablari buzilişi bilan boğliq hodisalar sodir bölgan temiryöl transporti sub’yektlari yoki metropoliten mas’ul xodimlari mavjud aloqa vositasi orqali vakolatli organlarni hamda harakatdagi tarkib va yuk manfaatdori yoki egalarini sodir bölgan hodisa haqida darhol xabardor qilişlari lozim.
Sodir bölgan holat kölamidan kelib çiqib, Transport vazirligi komissiyasi, temiryöl transporti sub’yekti komissiyasi va metropoliten komissiyasi tuziladi. Komissiyalar öz vakolati doirasida xizmat tekşiruvini taşkil qiliş hamda yakuniy xulosa beriş yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Xizmat tekşiruvini ötkaziş muddati ön beş iş kunidan ortiq bölmasligi kerak.












