Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli “Zevarda” konida xorijiy kompaniyalar, mahalliy işlab çiqaruvçilar va jurnalist-blogerlar hamda jamoatçilik vakillari iştirokida burğilaş, gazni qazib çiqariş, qayta işlaş korxonalarining 2023 yil uçun ehtiyojlari taqdimoti ötkazildi.

Avvalgilaridan farqli ravişda, bu safargi taqdimot tadbiriga qiziqiş juda yuqori böldi. Unda 300 ga yaqin mahalliy işlab çiqariş korxonalari vakillari, qirqqa yaqin jurnalist-blogerlar taklif etildi.
Şuningdek, tadbirga 50 ga yaqin sohaviy ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari, professor-öqituvçilar, ilmiy tadqiqotçilar ham taşrif buyurişdi. Taqdimotda ilk marta Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon, Xitoy Xalq Respublikasi, Ummon sultonligi, Avstriya kabi xorijiy davlatlarning yetakçi kompaniyalari vakillari ham iştirok etdi.


Tadbirni “Özbekneftgaz” AJ boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev videokonferens-aloqa orqali oçib berdi va tadbir iştirokçilariga minnatdorçilik bildirdi. Bundan taşqari, boşqaruv raisi soha uçun hattoki mix xarid qilinişi ham oçiq va şaffof bölişini, sönggi uç yilda bunga töliq amal qilib kelinayotganini bildirdi. Mahalliy işlab çiqariş korxonalari rahbarlari bilan doimiy aloqa örnatiş hamda hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun joriy yilning söngiga qadar yana uç marta özaro uçraşuv taşkil qilinişi aytildi.


2019 yil 24 avgustdagi “Davlat va xöjalik boşqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallaştirişning yangi tizimini joriy etiş böyiça mas’uliyatini yanada oşiriş töğrisida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida mahalliylaştiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, xaridlar şaffofligini ta’minlaş yönalişida butkul yangiça tizim joriy etildi.
Olib borilgan işlar natijasida sönggi uç yilda tarmoq mahalliylaştiriş dasturi doirasida 7,8 trln sömlik 57 ta yangi mahsulot işlab çiqariş yölga qöyildi. Şu bilan bir qatorda importni qisqartiriş, içki bozor imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş natijasida import hajmi 2018 yildagi 865 mln AQŞ dollaridan 2021 yilda 486 mln AQŞ dollarigaça yoki 1,8 baravargaça qisqartirildi.














