Markaziy bank Özbekistonning xalqaro zaxiralari töğrisidagi ma’lumotlarni yangiladi.
2022 yilning 1 sentabr holatiga köra, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 34,08 mlrd dollarni taşkil qilgan. Taqqoslaş uçun bu körsatkiç 2022 yil 1 avgust holatiga köra 34,6 mlrd dollar bölgan. Raqamlar ötgan bir oyda Özbekistonning rasmiy zaxiralari 527 mln dollarga kamayganini körsatmoqda.
Avgust oyi davomida oltinning fizik hajmi sezilarli miqdorda: 12 mln troya unsiyadan 12,3 mln troya unsiyaga ( taxminan 9,33 tonna) oşgan bölsa-da, qiymati 21,07 mlrd dollardan 21 mlrd dollarga pasaygan. Bu asosan hisobot davrida jahon bozorida oltin narxlarining arzonlaşgani bilan boğliq.
Şuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari ham 12,47 mlrd dollardan 12, 04 mlrd dollarga yoki 432,9 mln dollarga kamaygan.
“Özbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boşidan beri 1,06 mlrd dollarga yoki 3 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boşidagi 1799,25 dollardan 1712,4 dollargaça pasayişining ta’siri 1,07 mlrd dollarni taşkil qildi”, deyiladi Markaziy bank izohida.
Oltin narxining arzonlaşişi ortidan Özbekiston Markaziy banki mart oyidan beri uşbu qimmatbaho metall eksportini amalga oşirmayapti.












