AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiyaning harakatlari «BMT nizomini buziş» ekanligini aytdi. 

«Rossiya köplab askarlarni janglarda qatnaşişga çaqirmoqda va Kreml Ukrainaning bir qismini egallaşga uriniş uçun soxta referendum taşkil etmoqda – bu BMT nizomining qöpol ravişda buzilişi»,— dedi Bayden BMT Boş assambleyasining 77-sessiyasida qilgan çiqişida.

U şuningdek, Vaşington BMT Xavfsizlik kengaşi yangi a’zolar hisobiga kengayişi tarafdori ekanligini aytdi.

«BMT uçun zamonaviy dunyo ehtiyojlariga javob bera oladigan yanada inklyuziv taşkilotga aylaniş vaqti keldi», — dedi Jo Bayden. 

Hozirda Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQŞ BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari hisoblanadi.