Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydan Namanganga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklarining Fly Dubai aviakompaniyasi bosh direktori G‘ays al-G‘ays Samarqand shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiriga ma’lum qildi.
20 sentabrdan boshlab BAA loukoster kompaniyasi Samarqandga haftasiga 2 bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshladi. Shu munosabat bilan Transport, Turizm va madaniy meros vazirligi, «Uzbekistan airports» AJ, Fly Dubai aviakompaniyasi rahbarlari ishtirokida Ipak yo‘li Samarqand turizm markazidagi Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Kun.uz muxbirining Fly Dubai aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab qatnov geografiyasi kengaytiradimi, degan savoliga javoban kompaniya bosh direktori G‘ays al-G‘ays shunday javob berdi:
— Biz Toshkentga har kunlik muntazam qatnovlarni, mana endi Samarqandga ham qatnovlarni yo‘lga qo‘ydik. Buning uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shuningdek, 24 sentabrdan boshlab Namangan shahriga ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yamiz.
Fly Dubai aviakompaniyasiga 2008 yilning 19 martida asos solingan. Kompaniya ixtiyorida 70 ga yaqin Boeing 737-800 va Boeing 737-MAX samolyotlari bo‘lib, 100 ga yaqin shaharlarga parvoz qiladi. Kompaniya parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish uchun yana 150 ta samolyot buyurtma qilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026