Özbekiston elçixonasi kömagida Misrning Lotus Garment Group kompaniyasi rahbari Xusam Gabrning Özbekistondagi yirik töqimaçilik kompaniyalari vakillari bilan onlayn muzokaralari taşkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Bundan taşqari, Misr kompaniyasi rahbarining mamlakat qator viloyatlari mutasaddilari va töqimaçilik korxonalari rahbarlari bilan muloqoti uyuştirildi.
Xusam Gabr ma’lum qilişiça, Lotus Garment Group kompaniyasiga 1994 yilda asos solingan. Korxonada asosan jinsi matolaridan tayyor kiyimlar işlab çiqariladi, mahsulotlar AQŞ va Yevropa bozorlarida sotiladi. Kompaniya Port Said hamda 10-Ramazon industrial zonalarida 11 mingdan ortiq işçi mehnat qiladi. Töqimaçilik mahsulotlariga, ip-kalavaga bölgan oylik ehtiyoj 500-600 tonnani taşkil etadi.
Lotus Garment Group rahbari Özbekistonda işlab çiqarilayotgan töqimaçilik mahsulotlari yaxşi sifatga egaligi bois ularni import qiliş niyatida ekanini bildirdi. Misr tomoni söroviga binoan, Özbekiston korxonalari özi tomonidan işlab çiqarayotgan mahsulot namunalarini yaqin kunlarda Lotus Garment Group manziliga yetkazişga hamda tegişli texnik sinovlar ötkazilganidan söng narx-navo, eksport hajmi hamda şartlari böyiça bir töxtamga kelib, tegişli huquqiy hujjatlarni imzolaşga kelişib olindi.












