Joriy yil 1 iyulidan boşlab şahodatnoma dublikatini onlayn oliş imkoni yaratilgan. Bu haqda Yagona portal xabar bermoqda.
Yangi xizmat doirasida:
- şahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);
- şahodatnoma dublikatini oliş uçun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron şaklda portal orqali beriladi (avval ariza beriş uçun ham, hujjatni olib ketiş uçun ham maktabga kelingan);
- ariza onlayn şaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, şaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda boşqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boşqa heç qanday hujjat söralmaydi.
Qayd etilişiça, avval maktabga 5 tagaça hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yöqolgani haqida gazeta e’loni, topilmalar idorasidan ma’lumotnoma, pasport nusxasi, familiya özgargani haqida FHDYo bölimlaridan ma’lumotnoma.
Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqaro şahodatnoma dublikatini masofadan olişga ulgurgani aytiladi.











