Hukumat qarori bilan Umumiy örta ta’lim töğrisidagi elektron şahodatnomalarni beriş tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Bitiruvçilarga quyidagi turdagi şahodatnomalar beriladi:

  • tayanç örta ta’lim töğrisida şahodatnoma (9-sinf);
  • tayanç örta ta’lim töğrisidagi a’lo darajali şahodatnoma (9-sinf);
  • umumiy örta ta’lim töğrisidagi şahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy örta ta’lim töğrisida (kumuş medal bilan) şahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy örta ta’lim töğrisidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) şahodatnoma (11-sinf);
  • psixik rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik töğrisidagi sertifikat.

Şahodatnoma özbek va ingliz tillarida şakllantiriladi. Buyurtma beriş va şahodatnomani şakllantiriş “Elektron şahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oşiriladi. Bunda har yili 1 dekabrgaça bitiruvçi haqida tegişli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma şakllantiriladi.

Şahodatnomalar bitiruvçilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvçilar şahodatnomani elektron platformadan şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar töğrisidagi ma’lumotlarni kiritiş orqali bepul yuklab oladi.

2022/2023 öquv yili yakunidan “Elektron şahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvçilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.