Maktab bitiruvçilari şahodatnomani 20 iyundan boşlab, e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali onlayn tarzda yuklab olişi mumkin. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 11-sinf maktab bitiruvçilarining shahodatnoma ma’lumotlari Bilim va malakalarni baholaş agentligining oliy ta’lim muassasalariga qabul böyiça elektron platformasiga integratsiya qilingan.
Şu bois, oliy ta’lim muassasalariga elektron hujjat topşiriş jarayonida bitiruvçining shahodatnoma ma’lumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvçilar şahodatnomani şaxsan taqdim etişiga ehtiyoj yöq.
e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy örta ta’lim maktablari 11-sinf bitiruvçilarining shahodatnoma ma’lumotlari kiritilgan:
- Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy örta ta’lim maktablari;
- Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar;
- Yoşlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlari;
- Nodavlat ta’lim taşkilotlarining 11-sinf bitiruvçilari.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvçilarining diplom ma’lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.
Ma’lumot örnida, joriy öquv yilida umumta’lim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvçilar tamomlaydi.












